Buxoro davlat tibbiyot institutiga yangi rahbar tayinlandi

Shuhrat Jumayevich Teshayev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Institutga 2017-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Amrillo Inoyatov 2020 yilning iyulida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida institutga o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Gavhar Jarilkasinova vaqtincha rahbarlik qilib turgandi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayev shu vaqtga qadar institutda turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan